Kripto-islom

Kripto-islom oʻzini boshqa eʼtiqodda deb eʼtirof etish bilan birga Islomga yashirincha amal qilish. Kripto-islomga amal qiladigan odamlar „kripto-musulmonlar“ deb ataladi. Bu soʻz asosan inkvizitsiya davridagi (masalan, Moriskolar va Saraceni hamda ularning Aljamiadodan foydalanishi) ispan musulmonlari va Sitsiliya musulmonlariga nisbatan ishlatilgan. Portugaliya imperiyasining Uzoq Sharqqa tomon kengayishi va Ispaniya imperiyasining Lotin Amerikasidan Filippinga qadar tarqalishi munosabati bilan Filippin musulmonlari va Portugaliya musulmonlari ham inkvizitsiyaga duch kelgan. Mashhur holatlardan biri ispanlar bosib olgan [Molukka orollari|Molukkalik]] Alexo de Kastro boʻlib, u Meksika inkvizitsiyasidan oldin qitʼadan uzoqda kripto-islom uchun sudlangan[1].

  1. Crewe, Ryan (2015). "Transpacific Mestizo: Religion and Caste in the Worlds of a Moluccan Prisoner of the Mexican Inquisition" (en). Itinerario 39 (3): 463–485. doi:10.1017/S0165115315000893. ISSN 0165-1153. https://www.cambridge.org/core/journals/itinerario/article/abs/transpacific-mestizo-religion-and-caste-in-the-worlds-of-a-moluccan-prisoner-of-the-mexican-inquisition/8CDFC3666834252554B14DD1B4C975AE. 

© MMXXIII Rich X Search. We shall prevail. All rights reserved. Rich X Search